Chet tili sifatida rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi asoslari bo‘yicha kompleks imtihon
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarosi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi asoslarini bilish to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishi shart.
Imtihonga quyidagilarni olib kelish lozim:
- 1Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (yashash uchun huquqni beruvchi guvohnoma yoki pasport va uning tarjimasi, qochoqlar guvohnomasi);
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (yashash uchun huquqni beruvchi guvohnoma yoki pasport va uning tarjimasi, qochoqlar guvohnomasi);
- Migratsiya kartasi (yashash uchun huquqni beruvchi guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar uchun);
- Ko‘k rangli avtoruchka;
- To‘lov kvitansiyasi.
Kompleks imtihondan o‘tish uchun ariza imtihondan oldin yoziladi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, rus tili, Rossiya tarixi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi asoslarini bilish to‘g‘risidagi sertifikat beriladi. Sertifikatning muddati 5 yil davomida amal qiladi.